Özbekistonda oltin narxi grammi uçun 1,5 mln sömdan oşdi
9-09-2025, 15:28
540 марта
Özbekistonda oltin narxi grammi uçun 1,5 mln sömdan oşdiYil boşidan beri qimmatbaho metalning 1 grammi 33% ga qimmatlab, tarixiy maksimumga yetdi.
9 sentyabr holatiga köra Özbekistonda oltin narxi tarixiy maksimumga yetdi. Bu haqda Markaziy bank malumotlarida qayd etilgan.
1 gramm oltinning narxi 1 506 200 sömni taşkil etmoqda. Bir kunda unga 1,7% yoki 25 800 söm qöşildi. Joriy yil boşida esa 1 gramm oltin 1 132 200 söm turar edi.
Hozirgi kunda slitok narxlari quyidagiça:
5 gramm — 7 531 000 söm,
50 gramm — 75 310 000 söm,
100 gramm — 150 620 000 söm.
Jahon bozorida esa (naşr etiliş vaqtida) 1 troy untsiya oltin 3639,88 dollar, yani 1 grammi 116,99 dollardan baholanmoqda. Oxirgi bir oy içida unga 8,7% qöşilgan bölsa, yil davomida 44,36% ga qimmatlagan.
Eslatib ötamiz, Markaziy bank 2020 yildan buyon oltin slitkalarini sotib kelmoqda. Ular 999,9 probali toza oltindan tayyorlanadi. Hozirda 5, 10, 20, 50 va 100 grammlik slitkalar savdoda mavjud.
Oltin slitkalarining kunlik sotuv narxlari Markaziy bankning rasmiy saytida milliy valyutada elon qilinadi.