Yaqin şarqdagi mojarolar fonida oltin narxi rekord körsatkiçga yaqinlaşmoqda
16-06-2025, 17:19
167 марта

Yaqin şarqdagi mojarolar fonida oltin narxi rekord körsatkiçga yaqinlaşmoqda
15 iyun kuni qimmatbaho metall narxi troya untsiyasi uçun 3 450 dollarga çiqib, apreldagi rekordga yaqinlaşdi va 1 gramm uçun narx 110 dollar atrofida bölgan. Xususan, 12 iyun holatiga oltin narxi ötgan yilga nisbatan qariyb 30 foizga oşgan.Qayd etilişiça, Eron va Isroil örtasidagi mojoralar fonida investorlar tomonidan oltinga xavfsiz aktiv sifatida talab ortmoqda.
«Boşqa heç bir yirik aktivda bunday yuqori ösiş kuzatilmagan (pastdagi grafikka qarang). Hatto bazilar tomonidan «yangi oltin» sifatida etirof etiladigan bitkoin ham oltinga nisbatan pastroq narx ösişiga erişgan. Dollar esa bu davrda 10 foiz atrofida qadrsizlangan», – deb yozadi iqtisodçi Mirkomil Xolboyev.
Malum qilinişiça, sönggi yillarda Markaziy banklar ham köproq oltin sotib olmoqda. Xususan, sönggi uç yilda Markaziy banklarning sof oltin xaridi 1000 tonnadan oşgan.
«Bu holat ayniqsa, Rossiya-Ukraina uruşi natijasida Rossiya Markaziy banki zaxiralariga qöyilgan çeklovlardan keyin jiddiylaşgan. Xususan, köplab rivojlanayotgan davlatlar (ayniqsa Xitoy) Markaziy banklarda ayni Rossiya-Ukraina örtasidagi uruşdan keyin oltinga bölgan işonç oşdi. Markaziy bank oltin xaridlarining asosiy qismi ham aynan rivojlanayotgan davlatlarga töğri keladi», – deb yozadi Xolboyev.
Iqtisodçi, şuningdek, Yaqin şarqdagi keskinlik oltinga bölgan talabni yana oşirib yaqin kelajakda uning narxi nisbatan yuqori saqlanib qolişiga olib kelişini taxmin qiladi.
«Mamlakatimiz zaxiralarida esa tarixan oltinning uluşi judayam yuqori bölgan va hozirgi kunda zaxiralarning 76 foizi oltin hissasiga töğri keladi. Yil boşidan buyon oltin narxining örtaça 26 foizga ösişi zaxiralarimizning 8,5 mlrd dollarga ösişiga zamin yaratdi. Şuningdek, oltin eng yirik eksport tovarimiz ham hisoblanadi, noaniqliklar natijasida oltin narxi ösişi eksportimizning nisbatan yuqori ösişiga ham zamin yaratadi. Xususan, joriy yilning 4 oyida oltin eksporti 5,6 mlrd dollarni taşkil etib, 62 foizga ösgan, bunday yuqori ösiş ham aynan yuqori oltin narxi bilan izohlanadi», – deydi Mirkomil Xolboyev.