Özbekiston 3,6 mlrd dollarlik oltin sotdi. Bu mamlakat eksporti tuşumining 44 foiziga teng
24-04-2025, 00:12
193 марта
Özbekiston 3,6 mlrd dollarlik oltin sotdi. Bu mamlakat eksporti tuşumining 44 foiziga teng 2025-yil 1-çoragida respublika umumiy eksport tuşumining 44 foizi oltin hissasiga töğri keldi. Bu haqda Statistika qömitasi malum qildi.
Joriy yil yanvar–mart oylarida Özbekiston eksporti hajmi 8,1 mlrd dollarni taşkil etib, 2024-yil mos davridagidan 24,4 foizga köpaydi. Mazkur ösiş Markaziy bank oltinni yuqori qiymatda sotgani bilan boğliq.
Dasltlabki çorakda mamlakat qariyb 3 mlrd 570 mln dollarlik oltin eksport qildi (jami eksportning 44 foizi). Ötgan yillar ilk çoraklaridagi körsatkiçlar bilan taqqoslaganda bu ança yuqori qiymat hisoblanadi. Masalan, 2024-yilning ilk uç oyida 2 mrld 664 mln dollarlik oltin sotilgan.
Hatto mutlaq rekord darajada (8,1 mlrd dollarlik) oltin eksport qilingan 2023-yilning yanvar–mart oylarida ham 2,4 mlrd dollarlik qimmatbaho metall sotilgandi.
Respublika 2021-yil mos davrida 1 mlrd dollarlik, 2022-yil 1-çoragida 2 mlrd 970 mln dollarlik oltin eksport qilgan. 2020-yil mos davrida qimmatbaho metall sotilmagan.
Qolgan yillar 1-çoraklaridagi oltin sotuvlari qiymati quyidagiça bölgan.
2015-yil 823,9 mln dollar;
2016-yil 375,1 mln dollar;
2017-yil 388,7 mln dollar;
2018-yil 1,3 mlrd dollar;
2019-yil 1,2 mlrd dollar