Özbekistonda tuğiliş va nikohlar soni kamayib, ölimlar köpaydi
22-04-2025, 19:51
275 марта


Özbekistonda tuğiliş va nikohlar soni kamayib, ölimlar köpaydi Joriy yil 1-çoragida mamlakatda tuğilganlar soni ötgan yil mos davridagidan 7,6 ming nafarga kam böldi. Bu haqda Statistika qömitasi malum qildi.
2025-yilning 1-aprel holatiga Özbekistonning doimiy aholisi soni 37,7 million kişiga yetdi. Bu 2024-yil mos davridagidan 734,5 ming kişiga (2 foiz) köp.
Ammo mamlakatda tuğilişlar soni kamayiş trendiga ötgan. Jumladan, şu yilning yanvar—mart oylarida 198,1 ming çaqaloq tuğilgan. Taqqoslaş uçun 2022-yil mos davrida 203,6 ming, 2023-yil ilk çoragida 215 ming, 2024-yil yilning dastlabki uç oyida 205,7 ming nafar bola dunyoga kelgan.
Eng köp aholi yaşaydigan hududlar Samarqand (4,3 million kişi) va Farğona (4,1 million kişi) bölib qolyapti. Eng kam aholi soni Sirdaryo (934,5 ming kişi) hamda Navoiy (1,1 million kişi) qayd etilgan.
Respublikada vafot etganlar soni ham oşib bormoqda. Xususan, joriy yil yanvar—mart oylarida mamlakatda 41,4 ming kişi vafot etgan. 2024-yil 1-çorakda 40,2 ming, 2023-yilning ilk uç oyida 39 ming kişi olamdan ötgandi.
Joriy yil 1-çorakda respublikada 43,8 mingta nikoh, 11,5 mingta nikohdan ajraliş qayd etildi. Ötgan yil mos davrida tuzilgan nikohlar 48,6 mingtani taşkil etgan, ajraşişlar esa 11,5 mingta bölgan.