Özbekistonda joriy yil 30 ming gektar maydonda intensiv boğ va tokzorlar barpo etiladi
18-04-2025, 08:45
219 марта
Özbekistonda joriy yil qariyb 30 ming gektar maydonda sanoatlaşgan intensiv boğ va tokzorlar barpo etiş rejalaştirilgan. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantiriş agentligi direktori Nurali Abdullayev malum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.2024-yili bu körsatkiç 14 ming gektarni taşkil etgan.
“Uşbu 43,3 ming gektardan 21,8 mingi toğ oldi va qir-adirliklarda, 21,4 ming gektari esa samarasiz boğ va tokzorlar örnida qad rostlaydi. Ikki yilda jami 33,1 ming gektar mevali boğ va 10,1 ming gektar tokzor barpo etiş rejalaştirilgan”, deydi agentlik direktori Namanganda bölib ötgan press-tur davomida.
Ayni paytda agentlik tomonidan sanoatlaşgan intensiv mevali boğ va tokzorlar barpo etiş böyiça loyihalar işlab çiqilib, hududlarda amalga oşirilmoqda. Bu borada xorijlik, xususan, turkiyalik ekspertlar yaqindan yordam bermoqda.
Boğlarning moliyalaştirilişi agentlik tomonidan subsidiya yordamida amalga oşiriladi.
Hozirgaça 1600 ta tadbirkorlik subekti tomonidan köçatlar ekib bölindi, ularning holati yil davomida agentlik mutaxassislari tomonidan monitoring qilib boriladi. Holat qoniqarli baholansa, uşbu maydonlar yangi egalarida qoldiriladi.