Senat islomiy bank faoliyatiga oid qonunni maqulladi
5-02-2026, 19:16
90 марта

Senat islomiy bank faoliyatiga oid qonunni maqulladi
Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Özbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etişga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun muhokama qilindi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, mazkur qonun bilan 2 ta kodeks hamda 7 ta qonunga islomiy bank faoliyatini amalga oşirişning huquqiy asoslarini belgilovçi yangi normalar kiritilmoqda.
Xususan, qonun bilan islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya turi joriy qilinib, unga oid talablar belgilanmoqda. Jumladan, mazkur litsenziya bilan banklar tomonidan töliq islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş yoki bir vaqtning özida ham ananaviy, ham islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş imkoniyati paydo böladi.
Şuningdek, islomiy moliya faoliyati bilan boğliq masalalarni muvofiqlaştiriş maqsadida Markaziy bank va islomiy bank faoliyatini amalga oşiruvçi banklarda islomiy moliya kengaşini taşkil etiş hamda uning faoliyatiga doir talablar belgilanmoqda.
Bundan taşqari, islomiy moliya operatsiyalarining öziga xos xususiyatlarini inobatga olib, Soliq kodeksiga islomiy moliya operatsiyalarini soliqqa tortiş tartibini belgilovçi alohida bob kiritilmoqda. Unga asosan islomiy moliya faoliyatidan olingan daromadlar soliq soliş maqsadlarida foizli daromadlarga tenglaştirilib, banklar va mikromoliya taşkilotlari tomonidan mijozga realizatsiya qilinadigan tovarlarga qöyiladigan ustama QQSdan ozod qilinmoqda.
Senatorlarning fikriça, uşbu qonunning aholi va tadbirkorlik subektlari uçun moliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarining kengayişiga, mamlakatda raqobat muhitining yaxşilanişiga hamda bank-moliya sohasiga yangi strategik investorlarning kirib kelişiga xizmat qiladi.