USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Senat Apple Pay va Google Pay böyiça muhim qonunni maqulladi

94 марта

Senat Apple Pay va Google Pay böyiça muhim qonunni maqulladi

Bugun, 5 fevral kuni Oliy Majlis Senatining 13-yalpi majlisida “Şaxsga doir malumotlar töğrisida”gi qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqidagi qonun maqullandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi. 
​
Uşbu özgartirişlar Apple Pay, Google Pay, PayPal kabi xalqaro tölov tizimlarining mamlakatda işlaşiga imkon yaratadi. Majlisda takidlanişiça, bugungi kunda Özbekistondagi köplab dasturçi va frilanserlar xorijiy buyurtmaçilar bilan işlaşda xalqaro elektron platformalardan foydalanmoqda. Biroq, Upvork, Fiverr, Envato va Storyblocks kabi platformalarda tölovlar asosan Pay Pal orqali amalga oşiriladi. Pay Pal esa Özbekistonda çiqarilgan bank kartalari bilan töliq işlamaydi.
Buning asosiy sababi – amaldagi qonunçilikka köra, şaxsga doir malumotlar faqat Özbekiston hududida saqlanişi şartligi hisoblanadi. Uşbu talab xalqaro tölov tizimlarining Özbekiston bozoriga kirişini çeklab kelgan.
Senat matbuot xizmatiga köra, yangi özgartirişlar bu muammoni hal qilişga qaratilgan. Endilikda faqat ayrim turdagi şaxsga doir malumotlar – biometrik, genetik va telekommunikatsiya xizmatlariga oid malumotlar Özbekiston hududida saqlanişi majburiy böladi. Boşqa malumotlarni çet elda saqlaş va uzatişga ruxsat beriladi, biroq buning uçun aniq xavfsizlik talablari joriy etiladi.
Şuningdek, Vazirlar Mahkamasiga şaxsga doir malumotlar xavfsizligi taminlangan davlatlar röyxatini tasdiqlaş vakolati beriladi.
Senatorlarning fikriça, uşbu qonun fintex, elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot rivojiga xizmat qiladi, frilancerlar uçun qonuniy va şaffof tölov mexanizmlarini yaratadi hamda çet ellik sayyohlar uçun kontaktsiz tölov imkoniyatlarini kengaytiradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: