Yil boşidan buyon Meta, Apple va Google Özbekistonga 125 mlrd söm soliq töladi
29-10-2025, 10:35
143 марта
Yil boşidan buyon Meta, Apple va Google Özbekistonga 125 mlrd söm soliq töladiBu summa 2024 yilning şu davriga nisbatan deyarli yarim barobarga oşgan.
2025 yil yanvar-sentyabr oylarida Özbekistonda elektron şaklda xizmat körsatişni amalga oşirayotgan 73 xorijiy kompaniya 124,8 milliard söm soliq töladi. Bu haqda Soliq qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu 2024 yilning şu davriga nisbatan 44% köp.
Tölangan soliqlarning 93%i elektron xizmatlar körsatayotgan 10 ta xorijiy kompaniyaga töğri keladi:
Meta — 35,2 milliard söm;
Apple — 35,1 milliard söm;
Google — 31,2 milliard söm;
OpenAI — 4,7 milliard söm;
Booking.com — 2,9 milliard söm;
TikTok — 2,6 milliard söm;
Netflix — 1,3 milliard söm;
Acca — 1,1 milliard söm;
Zoom — 1,1 milliard söm;
Amazon — 1,1 milliard söm.