Özbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 14,5 mlrd söm mukofot tölandi
19-06-2025, 10:04
464 марта
Özbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 14,5 mlrd söm mukofot tölandi Özbekistonda yil boşidan buyon soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 14,5 milliard söm mukofot tölandi. Bu haqda Soliq qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.
2025-yilning yanvar—may oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 45 496 ta murojaat kelib tuşgan.
Şundan:
40 903 tasi xarid çeki bermaslik;
1 559 tasi tölovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
113 tasi plastik karta uçun xarid summasini oşiriş;
2 921 tasi boşqa turdagi huquqbuzarlik holatlari böyiça.
Murojaatlarning 21 510 tasi takroriy bölgani yoki şikoyat kelib tuşgan tadbirkorlik subektida tekşiruv davom etayotgani sababli körib çiqilmagan. Murojaatlar asosida 18 140 ta sayyor soliq tekşiruvi ötkazilib, 99,1 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari böyiça xabar bergan fuqarolarga 20 358 ta holat böyiça (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 14,5 milliard söm mukofot tölangan.