Xorazmda ösiş respublika böyiça örtaça körsatkiçga ham çiqmadi.
16-06-2025, 12:19
1 164 марта
Xorazmda ösiş respublika böyiça örtaça körsatkiçga ham çiqmadi.Yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirişning yangi mexanizmi işlab çiqiladi
Yil boşidan hududlarda byudjetga tuşum 26 foizga ösdi. Lekin Qoraqalpoğiston, Jizzax, Qaşqadaryo va Xorazmda ösiş respublika böyiça örtaça körsatkiçga ham çiqmadi.
Yer, mol-mulk va suv soliqlari mahalliy byudjetda qoldirilmoqda. Lekin faqat şu soliqlarni uyma-uy yurib undirişga soliqçilarning 70–80 foiz vaqti sarflanmoqda.
“Bu 1 söm soliq yiğiş uçun 2 söm resurs sarflaş bilan barobar emasmi?
Aslida, Soliq qömitasi rahbariyati, viloyat, tuman soliq rahbarlari televideniye, gazeta, ijtimoiy tarmoqlarda çiqib, soliq tölaş majburiyat emas, konstitutsiyaviy burç ekanini tuşuntirsa, soliqlarni odamlarni özi tölab qöyadi-ku!
Agar mahalladagi soliqçi bunga ketgan vaqtini soliq bazasini kengaytirişga sarflasa, tuşum karra-karra oşadi”,
— dedi Prezident.
Mutasaddilarga mahallada yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirişning yangi mexanizmini işlab çiqiş topşirildi.