USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda qaysi soha vakillari eng köp maoş oladi?

1 602 марта

Özbekistonda qaysi soha vakillari eng köp maoş oladi?

Joriy yil 1-çorakda mamlakatdagi örtaça iş haqi ötgan yil mos davriga nisbatan 18 foizga ösdi. Bu haqda Statistika qömitasi xabar berdi.

Statqöm tahliliga köra, 2025 yil yanvar—mart oylarida örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 5,8 mln sömga yetgan.
Hududlar kesimida örtaça iş haqining eng yuqori miqdori doimgidek Toşkent şahrida — 9,9 mln söm (yillik ösiş 22,7 foiz). Keyingi örinda Navoiy viloyati qayd etilgan — 7,3 mln söm (yillik ösiş 12,6 foiz). Qolgan barça hududlardagi miqdorlar umumiy örtaça oylik iş haqidan kam. Körsatkiçlar quyidagiça:
Surxondaryo viloyatida — 4,2 mln söm (yillik ösiş 19,1 foiz);
Buxoro viloyatida — 4,7 mln söm (18,5 foiz);
Sirdaryo viloyatida — 4,6 mln söm (18,5 foiz);
Samarqand viloyatida — 4,3 mln söm (17,6 foiz);
Jizzax viloyatida — 4,4 mln söm (17,4 foiz);
Andijon viloyati — 4,9 mln söm (11 foiz);
Navoiy viloyatida — 7,3 mln söm (12,6 foiz);
Farğona viloyatida — 4,2 mln söm (13,7 foiz);
Qaşqadaryo viloyatida — 4,1 mln söm (13,7 foiz);
Xorazm viloyatida — 4,6 mln sömni (14,3 foiz);
Toşkent viloyatida — 5,43 mln söm (14,3 foiz);
Qoraqalpoğistonda — 4,7 mln söm (15 foiz);
Namangan viloyatida — 4,3 mln söm (ösiş 16,1 foiz).
Yanvar—mart oylarida axborot va aloqa sohasidagi örtaça iş haqi eng yuqori suratda ösib (26,8 foiz), 14,8 mln sömga yetgan.
Oyliklar sanat, köngil oçiş va dam oliş yönalişlarida ham sezilarli ösgan (20,2 foiz) va örtaça 4,8 mln sömni taşkil etgan.
Doimgidek bank, suğurta, lizing, kredit va moliyaviy vositaçilik sohalarida iş haqi miqdorlari boşqa kasblardagiga nisbatan yuqori bölib, 15,8 mln sömdan oşgan (yillik ösiş 19,8 foiz).

Talim sohasida örtaça iş haqi 4 mln söm (ösiş 17,7 foiz), taşiş va saqlaşda 8,7 mln sömga (ösiş 16 foiz) yetgan. Şu bilan birga, soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasida örtaça oş haqi 3,6 mln sömni taşkil etdi (ösiş 11,1 foiz). Bu eng past miqdordagi örtaça oylik sanaladi.
Birinçi çorakda örtaça iş haqlari quriliş sohasida 6 mln söm, yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari yönalişida 4,8 mln söm, sanoatda 6,9 mln söm hamda savdoda 6,5 mln söm bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: