Özbekistonda tuğilişlar kamaygan.
27-04-2025, 19:54
491 марта
Özbekistonda tuğilişlar kamaygan.Özbekistonda 2025 yilning dastlabki çoragida 198,1 ming nafar bola tuğilgan. Bu 2022 yildan buyon uşbu davr uçun eng kam körsatkiç hisoblanadi. Şuningdek, bu davrda 41,4 ming ölim qayd etilgan. Bu 2021 yildan buyon eng yuqori körsatkiç.
Özbekistonda 2025 yilning dastlabki çoragida 198,1 ming nafar bola tuğildi, bu 2022 yildan buyon eng kam körsatkiç. Uşbu malumot Statistika qömitasi elon qilganmamlakatning demografik körsatkiçlarida aks etgan.
Tuğiliş va ölim
Özbekistonda 2025 yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan tirik tuğilganlar soni 198,1 ming kişini, har ming aholiga nisbatan tuğiliş koeffitsiyenti 21,4 promilleni taşkil etdi. Tuğilganlar soni 2025 yilning yanvar-mart oylarida 2024 yilning mos davriga nisbatan 7,6 ming nafarga kamaygan. Bu 2022 yildan buyon eng kam körsatkiç hisoblanadi.
Vafot etganlar soni 41,4 ming kişini, har ming aholiga nisbatan ölim koeffitsiyenti 4,5 promilleni taşkil etdi. Vafot etganlar soni 2025 yilning yanvar-mart oylarida 2024 yilning mos davriga nisbatan 1,2 ming nafarga köpaygan. Bu 2021 yildan buyon eng yuqori körsatkiç.
Respublikada tirik tuğilganlar soni 198,1 ming kişini, şundan öğil bolalar soni 102,1 ming kişini (jami tuğilganlar soniga nisbatan 51,5 foiz), qiz bolalar soni 96 ming kişini (48,5 foiz) va şahar joylarida 97 ming kişini (48,9 foiz), qişloq joylarida 101,1 ming kişini (51,1 foiz) taşkil etdi.
Respublikada vafot etganlar soni 41,4 ming kişini, şundan erkaklar 22,8 ming kişini (jami vafot etganlar soniga nisbatan 55 foiz), ayollar 18,6 ming kişini (45 foiz) va şahar joylarida 22,4 ming kişini (54,1 foiz), qişloq joylarida 19 ming kişini (45,9 foiz) taşkil qildi.
Nikoh va ajrim
Özbekistonda 2025 yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan nikohlar soni 43,8 ming birlik, har ming aholiga nikoh koeffitsiyenti 4,7 promilleni taşkil etdi. Nikohlar soni 2025 yilning yanvar-mart oylarida 2024 yilning mos davriga nisbatan 4,8 mingtaga kamaygan. Nikohdan ajralişlar soni 11,5 mingtani, har ming aholiga nisbatan ajraliş koeffitsiyenti 1,2 promilleni taşkil etdi. Ajralişlar soni 2025 yilning yanvar-mart oylarida 2024 yilning mos davriga nisbatan özgarmagan.
Respublikada qayd etilgan nikohlar şahar joylarida 20,8 mingtani (47,4 foiz), qişloq joylarida 23 mingtani (52,6 foiz) taşkil etdi. Respublikada nikohdan ajralişlar soni 11,5 mingtani, şundan şahar joylarida 7 mingtani (61 foiz), qişloq joylarida 4,5 mingtani (39 foiz) taşkil qildi.
Doimiy aholi
Özbekiston Respublikasida doimiy aholi soni 2025 yil 1 aprel holatiga köra 37 697 800 kişini taşkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 734,5 ming kişiga yoki 2 foizga köpaydi. Doimiy yaşaş hududi böyiça şahar joylarda 19 216 400 kişi (jami aholi soniga nisbatan 51 foiz), qişloq joylarda esa 18 481 400 kişi (49 foiz) istiqomat qilmoqda. Ayollar soni 18 714 900 kişini (49,6 foiz), erkaklar esa 18 982 900 kişini (50,4 foiz) taşkil etmoqda.
Özbekiston Respublikasida 2025 yil 1 aprel holatiga köra 1 kvadrat kilometrga örtaça 84 kişi töğri kelgan. Bu esa ötgan yilning mos davriga nisbatan soliştirilganda 1,7 kişiga ortgan (2024 yil 1 aprel holatiga 1 kv kilometrga 82,3 kişi).
2025 yil yanvar-mart oylarida respublika böyiça köçib kelganlar jami soni 63 077 kişini, şu jumladan, respublikaning boşqa hududlaridan köçib kelganlar 62 755 kişini, xorijiy mamlakatlardan köçib kelganlar 322 kişini taşkil etdi. Köçib ketganlar jami soni 65 126 kişini, şu jumladan respublikaning boşqa hududlariga köçib ketganlar 62 755 kişini, xorijiy mamlakatlarga köçib ketganlar 2371 kişini taşkil qildi.