Qaysi korxonalar köp soliq tölayotgani malum qilindi
2-05-2025, 17:59
174 марта

Uç oyda davlat ğaznasiga 48,2 trln söm soliq undirilgan.
2025 yil I çorakda Özbekiston byudjetiga kelib tuşgan soliqlar va ularning tarkibi haqida malumot berildi.Soliq qömitasi hisob-kitobiga köra, uç oyda davlat ğaznasiga 48,2 trln söm soliq undirilgan (2024 yil mos davridagidan 19,6% ortiq
Şu bilan birga, aktsiz (4,5 trln söm), yer qaridan foydalanganlik uçun (4,3 trln söm) soliqlar tuşumi ham ortgan. Suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq va soliqsiz tuşumlar miqdori yuqori suratda ösib (35 foiz), 3,6 trln sömga yetgan.
Yanvar—mart oylarida işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi 56 114 ta korxona 20,6 trln söm soliq tölagan. Ularga qariyb 9,1 trln sömlik soliq imtiyozlari berilgan. Mazkur hisob-kitoblarda mamlakatning eng yirik korxonalari — Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari körsatkiçlari inobatga olinmagan.
Qömita reytingida işlab çiqarişda eng köp soliqlar “Özbekneftgaz” AJ tomonidan tölanganini (863,3 mlrd söm) köriş mumkin. Keyingi örinlarni “Uzbat OA” AJ (619,7 mlrd söm), UzAutoMotors AJ (413,2 mlrd söm) egallagan.
Xizmatlar sohasi körsatkiçlari
Dastlabki çorakda xizmat körsatiş faoliyati bilan şuğullanuvçi 160 403 ta korxona 9 trln sömdan ortiq soliq töladi. Şundan 1,7 trln sömdan ortiği (18,8 foiz) 20 ta tadbirkorlik subekti hisobiga töğri keladi. Ular tölagan foyda soliği nisbatan yuqori uluşni taşkil etgan (573,1 mlrd söm).
Reytingda mazkur biznes tarmoğida Asia trans gas MÇJ eng köp soliq tölaganini köriş mumkin (355,4 mlrd söm).
Keyingi örinlarni “Özbektelekom” AJ (236,5 mlrd söm), “Özbekiston temir yöllari” AJ (210,5 mlrd söm) va Uzbekistan Airways AJ (159,8 mlrd söm) egallagan.
Savdo va qurilişda soliq tuşumlari
Yanvar–mart oylarida savdo faoliyati bilan şuğullanuvçi 139 260 ta korxona tomonidan 8,6 trln sömdan ortiq soliq tölangan. Bu yönalişda eng köp soliq tölovçilar — Anglesey food MÇJ (82,9 mlrd söm), Uzum Market MÇJ XK (72,4 mlrd söm), Total oil invest MÇJ (63,6 mlrd söm) bölgan.
Uç oy içida quriliş sohasidagi 28 336 ta tadbirkorlik subektidan esa 2,1 trln söm soliq undirilgan. Reytingda birinçilikni Discover invest MÇJ (42,7 mlrd söm soliq tölagan) egallagan. Keyingi örinlarda Agromir buildings MÇJ (39,9 mlrd söm) va “Trest-12” AJ (26,2 mlrd söm) qayd etilgan.
Global bizneslar tölagan soliqlar
Joriy yil I çoragida Özbekistonda elektron xizmatlar körsatuvçi 68 ta xorijiy kompaniya tomonidan 36,2 mlrd söm soliq tölandi. Bu 2024 yil mos davriga nisbatan 1,5 barobar köp.
Soliqlarning 94,5 foizini quyidagi 10 ta kompaniya tölagan:
Apple — 10,6 mlrd söm;
Meta — 10,5 mlrd söm;
Google — 8,9 mlrd söm;
OpenAI — 1,1 mlrd söm;
TikTok — 934,8 mln söm;
Booking.com — 542,7 mln söm;
Netflix — 467,6 mln söm;
Zoom — 432,6 mln söm;
Acca — 427 mln söm;
Xsolla — 235,6 mln söm