Prokuror, içki işlar va soliq rahbarlari sektorlar böyiça vazifalardan ozod etiladi — prezident farmoni
29-04-2025, 13:30
588 марта

Unga köra, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar faoliyati quyidagiça yangi tartib asosida yölga qöyiladi:
– prokuror, içki işlar va soliq organlari rahbarlari sektorlar faoliyati böyiça yuklatilgan vazifalardan ozod etiladi;
– sektorlar işiga Boş vazir örinbosarlari va Özbekiston mahallalari uyuşmasi hamda uning hududiy bölinmalari masul etib belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda sektorlarning yangi tartib asosida faoliyat yuritişi böyiça Özbekiston prezidenti qarori loyihasini kiritişi kerak.
Prezident Şavkat Mirziyoyev şu yilning 5 mart kuni Korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça milliy kengaş yiğilişida bundan buyon prokurorlar, içki işlar xodimlari va soliqçilar sektorlar faoliyati bilan şuğullanmasligini malum qilgandi.
Davlat rahbari sakkiz yil avval yölga qöyilgan hududlarni kompleks rivojlantiriş böyiça sektorlar faoliyati tizimi yillar davomida yiğilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etib, vaziyatni önglaş uçun barça kuçlarni safarbar etişga kömaklaşganini qayd etgan, şu bilan birga, sönggi yillarda hududlar salohiyati bir neça karra oşganiga qaramay, keyingi paytlarda prokuror, içki işlar va soliq rahbarlari sektorni bahona qilib, sohasidagi işlarni susaytirib yuborganini tanqid qilgandi.
Şuningdek, prokuratura, içki işlar, soliq rahbarlarini sektor işidan ozod qiliş bu — eski davrga qaytib, aholi va tadbirkorlarga har qadamda tösiq, korruptsiyaga şaroit yaratiş, degani emasligini takidlagandi.