USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda töy-haşamlarni tartibga solişga yana bir bor urinib köriladi

177 марта

Özbekistonda töy-haşamlarni tartibga solişga yana bir bor urinib köriladi

Özbekiston hukumati töylar va boşqa marosimlarni ötkazişni tartibga soluvçi yangi hujjat qabul qilişni rejalaştirmoqda. Hujjatda isrofgarçilikka qarşi kuraşiş va yoşlarni tejamkorlikka örgatiş çoralari közda tutiladi. Mamlakatda bunday qonunlar allaqaçon mavjud bölsa-da, ular amalda deyarli işlamayapti.


Özbekistonda töylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş böyiça Oliy Majlis palatalari kengaşlarining qöşma qarori loyihasi işlab çiqiladi. Bu haqda Korruptsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali taşkil etişga doir çora-tadbirlar töğrisidagi prezident farmonidabelgilangan.

Loyihada töylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş, yoşlarda tejamkorlik madaniyatini şakllantiriş böyiça yangi mexanizmlar nazarda tutiladi. Loyiha 2025 avgustga qadar işlab çiqilişi kerak.

Bundan taşqari, töy-haşam, maraka, marosimlarda ortiqça isrofgarçilikka yöl qöymaslik maqsadida ijtimoiy roliklar işlab çiqiş, ularni ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib boriş rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, ortiqça isrofgarçilikning zararlari haqida qisqa metrajli film, ijtimoiy reklama, körsatuv, eşittiriş, podkastlar, maqolalar orqali tarğibot işlarini amalga oşiriladi. Isrofgarçilikning oldini oliş borasida keng qamrovli tuşuntiriş va tarğibot işlarini olib boriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: