USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident tadbirkorlar uçun qator yengilliklar berdi

217 марта

Özbekiston içki bozorida raqobat muhiti rivojlantiriladi va ayrim tadbirkorlarga soliq mamurçiligida yengilliklar beriladi. Bu keça, 18 aprel kuni qabul qilingan “Işlab çiqariş, eksport va tadbirkorlik faoliyatini  rağbatlantiriş, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” Prezident farmonida belgilangan. 
Farmonga köra, içki bozorda raqobat muhitini rivojlantiriş sohasida quyidagilar belgilandi:
  • olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlaş tartibi 1994 yildagi Tariflar va savdo böyiça General kelişuv (GATT) va 1994 yildagi mazkur kelişuvning VII-moddasini qöllaş töğrisidagi Kelişuvda belgilangan umumiy tamoyil va qoidalarga töliq muvofiq keltiriladi;
  • tovarlarning bojxona qiymatini aniqlaşda imtiyozlar yoki maxsus bojxona rasmiylaştiruvi tartiblari, jumladan, muayyan aniqlaş usullarini qöllaşga yöl qöyilmaydi.
Şuningdek, xavf darajasi yuqori bölgan mahsulotlarni majburiy davlat röyxatidan ötkaziş tartibi bekor qilinib, ularga muvofiqlik töğrisidagi deklaratsiya rasmiylaştiriş tartibi joriy etiladi.
2025 yil 1 maydan boşlab muvofiqlik deklaratsiyasini sertifikatlaştiriş organlarida röyxatdan ötkaziş tartibi bekor qilinadi hamda ularni şakllantiriş va hisobga oliş Texnik tartibga soliş axborot tizimi (TRIS) orqali amalga oşiriladi.
Farmonga köra, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati böyiça vakolatli organ vazifalari Canitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi tomonidan amalga oşiriladi. Bunda 2025 yil 1 avgustdan oziq-ovqat mahsulotlari uçun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi hamda Qömita tomonidan işlab çiqilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari daxldor vazirlik va idoralar bilan kelişilgandan söng töğridan töğri amal qiladi.

Sanitar, fitosanitar va veterinariya nazorati sohasidagi quyidagi tartib-taomillarga majburiy amal qiliş 2025 yil yakunigaça talab qilinmaydi, jumladan:
  • mahalliy va import oziq-ovqat mahsulotlari uçun sanitariya va epidemiologiya xizmatlarining laboratoriyalari natijalariga asosan sanitariya-epidemiologik xulosa oliş orqali sertifikatlaş;
  • barça turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, şu jumladan, bolalar ovqatlari, terapevtik va profilaktik ovqatlaniş uçun parhez oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat qöşimçalari, biologik faol oziq-ovqat qöşimçalari va yangi retseptlar yoki yangi texnologiya asosida yaratilgan oziq-ovqat mahsulotlari uçun barça texnik hujjatlarni Soğliqni saqlaş vazirligi bilan kelişiş va tasdiqlaş;
  • ösimlik mahsulotlari, mato, ipak, çarm, öyinçoqlar, sport inventari va boşqalar uçun veterinariya sertifikatini oliş.
Hujjatga köra, 2025 yil 1 oktyabrdan Özbekiston hududiga olib kiriladigan xuşböylaştiruvçi yoki rang beruvçi qöşimçalarsiz oq şakarga nisbatan aktsiz soliği bekor qilinadi.
20 va undan ortiq işçisi mavjud bölgan yuridik şaxslarga mol-mulk va yer soliqlari hamda ijara tölovlari böyiça hisoblangan soliq summalarini 2025 yil 15 iyulda va 1 dekabrda bölib-bölib tölanişiga ruxsat beriladi

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: