Xorijliklarga 200 ming dollar evaziga Özbekistonda yaşaş guvohnomasi beriladi
19-04-2025, 11:54
253 марта
2025 yil 1 iyundan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga Özbekistonda yaşaş guvohnomasi 5 yil muddatga soddalaştirilgan tartibda beriladi. Bu keça, 18 aprel kuni qabul qilingan “Işlab çiqariş, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rağbatlantiriş, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” Prezident farmonida belgilangan. Farmonga köra, xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga 200 ming AQŞ dollari hamda ularning har bir oila azosiga (turmuş örtoği, farzandi va ota-onasi) 100 ming AQŞ dollari miqdoridagi tölovlar evaziga 2025 yil 1 iyundan Özbekistonda yaşaş guvohnomasi 5 yil muddatga soddalaştirilgan tartibda beriladi.
Şuningdek, Prezidentning 2024 yil 30 avgustdagi “Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan törtinçi oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga muvofiq, umumiy ovqatlaniş xizmatlarini körsatuvçi tadbirkorlarga tölangan QQSning bir qismini qaytarişda uşbu faoliyatdan olingan daromad tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan jami daromadning kamida 80 foizini taşkil etişi zarurligi belgilandi.