USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qozoğistonda kannabis yetiştirişga ruxsat berilişi mumkin

300 марта
Qozoğistonda sanoatda foydalaniş uçun texnik kannabis yetiştirişni qonuniylaştiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda mamlakat içki işlar vaziri örinbosari Sanjar Adilovga tayanib Ulysmedia xabar berdi.

Yangilik faqat tarkibida yuqori miqdorda giyohvand moddalar bölmagan texnik kannabisga taalluqli. U qonunçilik darajasida qatiy tartibga solinadi.

Taklif etilayotgan özgarişlarga köra, sanoat miqyosida yetiştiriş uçun kanop (kannabis) tarkibidagi asosiy psixofaol komponent — tetragidrokannabinol (TGK) miqdori uçun çegara beldilanadi. Körib çiqilayotgan diapazon — 0,1 dan 0,3 foizgaça.
Adilovning takidlaşiça, bunday miqdor giyohvandlik tasirini keltirib çiqarmaydi, şu sababli noqonuniy muomala uçun qiziqiş uyğotmaydi.

Gap faqat sanoatda qayta işlaşga möljallangan texnik kannabis haqida bormoqda. 

Hozirning özidayoq qonunçilik TGKni nol miqdorda yetiştirişga ruxsat beradi. Narkobiznesga qarşi kuraşiş qömitasi törtta litsenziya bergan, ulardan biri Qöstanay viloyatida amalga oşirilmoqda. U yerda tarkibida TGK bölmagan sanoat kannabisini yetiştiriş va qayta işlaş böyiça işlar olib borilmoqda, dedi vazir örinbosari.

Şuningdek, u ekiş va kultivatsiyadan tortib qayta işlaş va tayyor mahsulotni işlab çiqarişgaça bölgan butun zanjir Narkotik jinoyatçilikka qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan qattiq nazorat ostida bölişini aytdi.

Özbekistonda texnik kanop yetiştirişga ruxsat berilgan.

Malumot örnida, Özbekistonda sanoatbop texnik kanop ösimligini yetiştirişga ruhsat berilgan. Uning tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgaça bölişi kerak. 2022-yilda yetiştirilgan hosil 1,2 metr balandlikni taşkil etgan, 2023-yilda esa uzunligi 3,5 metrga yetgan.

Texnik kanop ösimligining öziga xos xususiyatlaridan biri uning 100 foiz qayta işlanişida bölib, bir qator xorijiy davlatlarda, xususan, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Ukraina va Rossiyada uşbu ösimlikning köplab navlari (şu jumladan, Özbekistonda ekilayotgan “Rodnik” navi ham) yaratilgan va Davlat selektsiya yutuqlari reyestriga kiritilgan hamda ularni qişloq xöjaligi ekinlari sifatida ekib yetiştirişga ruxsat berilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: