Markaziy Osiyo mamlakatlari qöşma telekanal.
16-04-2025, 18:28
242 марта

Markaziy Osiyo mamlakatlari qöşma telekanal va media platforma yaratişi mumkin
Qozoğiston Respublikasi madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva Ostona şahridagi II Markaziy Osiyo media forumi davomida qöşma telekanal va media platforma yaratiş niyati haqida gapirdi.«Qardoş davlatlarimiz örtasidagi munosabatlar davlat rahbarlarining faol va yaqin hamkorligi tufayli hozir juda yuqori darajada. Va bizning vazifamiz bu vaziyatdan biz nazorat qilayotgan sohada hamkorlikni çuqurlaştiriş uçun foydalanişdir, – deya takidladi vazir.
Uning aytişiça, özaro axborot tasirini faollaştiriş masalasi mintaqa rahbarlari darajasida bir neça bor kötarilgan. Xususan, ötgan yili Ostona şahrida bölib ötgan maslahat yiğilişida Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev mamlakatlar hukumatlariga qöşma media mahsulotlarini işlab çiqişni taklif qilgan edi.
Aida Balayeva, şuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi media sohasidagi hamkorlik yangi bosqiçga kötarilayotganini takidladi.
Şunday qilib, Qozoğiston madaniyat va axborot vazirligi hamda Özbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi örtasida 2025 yilgaça özaro hamkorlik rejasi imzolandi. Hujjatga media-kontent almaşiş, jurnalistlar uçun treninglar va seminarlar ötkaziş, matbuot kotiblarining malakasini oşiriş, yoş mutaxassislarni qöllab-quvvatlaş va dezinformatsiyaga qarşi birgalikda kuraşiş kiradi.
Şuningdek, tomonlar tajriba almaşiş va professional aloqalarni rivojlantiriş uçun ikki mamlakat jurnalistlari uçun press-turlar taşkil etişga qaror qilişdi.
«Biz barça Markaziy Osiyo davlatlarini uşbu jarayonning bir qismi bölişga çaqiramiz», dedi vazir.