ATTO tölov xizmati avtomobillarni ijaraga oliş, pulli töxtaş joylari uçun tölovlarni yölga qöyadi
17-04-2025, 14:58
215 марта
ATTO tölov xizmati öz ekotizimi doirasida yangi bozorlarga çiqişni rejalaştirmoqda. Bu haqda tölov taşkiloti hammuassisi Timur Azadov malum qildi.“Yaqin kelajakda ATTO ekotizimi yangi xizmatlar bilan boyitiladi. Ular orasida samokatlar va avtomobillarni ijaraga oliş, yöl çetidagi töxtaş joylariga haq tölaş, mehmonxonalarni band qiliş, eSIM xarid qiliş va tibbiy suğurta rasmiylaştiriş kabi xizmatlar bor.
Biz hozir regulyator bilan [pulli yöllar uçun tölov böyiça] standart yaratiş mavzusida faol iş olib bormoqdamiz. Xorijda qança pullik yöl operatori bölsa, şunça tölov tizimi bor. Bu noqulay mexanizm. Kim pulli yöllarni tartibga solişi va qurişidan qati nazar, biz ularning tölovi uçun yagona standart yaratilişi tarafdorimiz”, — dedi ATTO hammuassisi.
Bundan taşqari, ATTO transport kartalari funktsiyasiga ega banklar tomonidan çiqariladigan kobrending kartalarini işga tuşiriş niyatida. Xususan, yölkira narxi “ikki barobar arzon” bölişi, şuningdek, kunlik tariflarni sotib oliş imkoniyati paydo bölişi aytilmoqda.