Har dekabrda “Prezident Olimpiadasi” ötkaziladi
16-04-2025, 22:01
281 марта
Har yili ikki marta “Yangi Özbekiston Olimpiya çöqqilari” musobaqalar tizimi yölga qöyiladi. Viloyat bosqiçi ğoliblari har yili dekabrda Olimpiya şaharçasida ötkaziladigan “Prezident Olimpiadasi”da iştirok etadi. Bu haqda bugun, 16 aprel kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon viloyatidagi ijtimoiy xizmatlar markaziga taşrifi çoğida sport sohasi va olimpiya harakatiga oid taqdimot bilan ham tanişayotganida malum qilindi.Bildirilişiça, bugungi kunda Özbekistonda 10 milliondan ziyod aholi ommaviy sport bilan şuğullanmoqda. Tumanlarda, talim va mehnat jamoalarida turli musobaqalar ötkazilmoqda. Endi bu körsatkiçni 15 millionga yetkaziş maqsad qilib qöyilgan. Buning uçun “Mahalla ligasi”, “Maktab ligasi”, “Talabalar ligasi”, “Vazir kubogi” va “Kasaba uyuşmalari kubogi” kabi musobaqalar taşkil etiladi.
Şu yil 13 fevral kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida sportçi yoşlarni saralaş va mahoratini oşiriş böyiça topşiriqlar berilgan edi. Şunga muvofiq, selektsiya, sport talimi va olimpiya tizimini yangi bosqiçga olib çiqiş işlari boşlangan.
Bunda hududlardagi 254 ta sport maktabi, olimpiya yönalişlariga ixtioslaşgan 56 ta sport maktabi milliy terma jamoalarga asosiy zaxira böladi. Joylardan saralangan yoşlar tana antropometriyasi va qobiliyatidan kelib çiqib, maqsadli tayyorlanadi.
Ularni pişitib boriş uçun yiliga ikki marta “Yangi Özbekiston Olimpiya çöqqilari” musobaqalar tizimi yölga qöyiladi. Viloyat bosqiçi ğoliblari har yili dekabrda Olimpiya şaharçasida ötkaziladigan “Prezident Olimpiadasi”da iştirok etadi. Musobaqa ğoliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi. Birinçi va ikkinçi örinni olgan sportçilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinadi.
Prezident sport talimida vertikal tizimni takomillaştirib, ilğor uslub va yondaşuvlarni tatbiq qiliş zarurligini takidladi. Sport maktablarining natijadorligini oşiriş, qobiliyatli yoşlarni yetuk sportçilar etib tarbiyalaş böyiça körsatmalar berildi.