Özbekistonda skuter miniş neçta skuter narxiga tuşadi?
17-04-2025, 08:49
508 марта

Moped va skuterni boşqariş uçun tegişli toifadagi haydovçilik guvohnomasiga ega böliş talabi muddati 1 martdan 1 oktyabrgaça uzaytirilipti. Hartugul.
Lekin soğlom aql bu osmondan tuşgan talabni butunlay bekor qiliş kerak deydi. Xöp, skuterlarga skuter narxining yarmiga yetadigan qimmat nomerlar taqtirildi, qimmat texpasport berildi. Yani, maqsad skuterlarni identifikatsiyalaş bölsa, qilindi. Endi haydovçilik guvohnomasiga öqiş va imtihon topşiriş talabidan muddao nima?
Baraka topgurlar, şu kurerlar va boşqa özining tirikçiligini davlatga yuklamay ötkazayotganlarga bu tovon qançaga tuşmoqda, bir öylab köringlar. Bitta skuterni miniş uçun student yo kurer skuter narxidan qimmat xarajat qilişiga töğri kelmoqdaku.
Insof bilan-da.
Demak, endi moped va skuterlar davlat raqami uçun BHMning 1,5 barobari, röyxatga olingani uçun yana BHMning 1,5 barobari miqdorida, guvohnoma (texpasport) uçun 0,7 BHM, jami 3,7 BHM yoki 1 387 500 söm tölov tölaşlari kerak böladi.
Stavkalarning şu paytgaça amal qilgan joriy tahririda moped va skuterlar uçun tegişli tölovlar közda tutilmagan edi.
Avtotransport vositalarining Davlat raqamini işlab çiqariş va röyxatga oliş jarayoni xos biznesga aylanib qolgani, xususiy şerik jalb qilingaç, tölovlar karrasiga oşgani haqida köp yozdik. Tölovlarning bizdan 6 karra boy Qozoğistondan 13 karra qimmat ekani, raqam biznesi özbekistonliklarni talaş orqali boylik orttiriş modeliga aylanib qolganini körsatadi (xususiy şerik çempion tadbirkorlar orasida bormikan?).
Xususiy şeriklar avtomobil, elektrobil va mototsikllardan undirilayotgan trillionlarga qanoat qilmay, endi moped va skuterlardan ham favqulodda qimmat tölovlarni istab qolişgan.
Özgarişlar kiritilişidan oldin stavkalar xuddi avvalgi oşirilişlarda bölgani singari jamoatçilik muhokamasiga qöyilmagan va iqtisodiy asoslantirilmagan.