2024 yilning eng oçiq va eng yopiq davlat taşkilotlari malum qilindi
27-04-2025, 10:21
400 марта
2024 yilning eng oçiq va eng yopiq davlat taşkilotlari malum qilindiKorruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi davlat organlari va taşkilotlarning oçiqlik indeksini elon qildi. 2024 yil yakunlari böyiça indeksda eng yaxşi natijalarni asosan davlat kompaniyalari va Soliq qömitasi qayd etdi. Andijon viloyati hokimligi prezident farmonida keltirilgan oçiqlik talablarni eng kam bajarayotgan davlat organi deb topildi. Vazirliklar kesimida eng oxirgi örinni Taşqi işlar vazirligi egalladi.
Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi 2024 yil yakunlariga köra davlat organlari va taşkilotlarining oçiqlik indeksini taqdim etdi.Bu indeks, prezident farmoniga asosan, 84 ta baholaş mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida şakllantiriladi. 2024 yilgi baholaşda jami 98 ta ijro organlari va kompaniyalar qamrab olingan.
Baholaş natijalariga köra, oçiqlik talablarini bajariş böyiça 50 ta davlat organi «yaşil» (2023 yilda 31 ta), 35 tasi «sariq» (43 ta) va 13 tasi «qizil» (29 ta) toifaga kiritildi.«Yaşil» toifada baholangan davlat idoralari kölami 2023 yilga nisbatan 21 foizga köpayib, «qizil» toifadagilar 15 foizga kamaygan.
2024 yilgi oçiqlik indeksida eng yuqori örinlarda «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ, Soliq qömitasi, «Özavtosanoat» AJ, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ va «Uzbekistan Airways» AJ qayd etilgan.
Umumiy reytingda eng yomon körsatkiçlar Andijon viloyati hokimligi, Kinematografiya agentligi, Farmatsevtika agentligi va Milliy antidoping agentligiga tegişli.
Vazirliklar kesimida bu indeksda eng yuqori natijani oliy talim, adliya va raqamli texnologiyalar vazirliklari körsatgan. Taşqi işlar, investitsiyalar va soğliqni saqlaş vazirliklarining oçiqlikka rioya qilişi esa maqtagulik emas.Mahalliy hokimiyatlar orasida Xorazm, Qaşqadaryo va Navoiy viloyatlari hokimliklari oçiqlikka eng köp yaqin bölgan, deb topildi. Andijon (100 dan 28,5 ball), Jizzax (49 ball) va Sirdaryo (49 ball) viloyati hokimliklari prezident farmonida keltirilgan oçiqlik indekslari böyiça eng yomon natijalarni qayd etgan.
Davlat banklari orasida eng yaxşi körsatkiç Özsanoatqurilişbankda, eng yomoni esa Asakabankda kuzatilgan.Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi matbuot xizmatining malum qilişiça, 2024 yilda davlat organlari va taşkilotlarida oçiqlikni taminlaş maqsadida xorijiy ekspertlar iştirokida 11 ta öquv kursi ötkazilgan. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Taşkiloti kömagida qilingan «E-learning» elektron platformasida oçiqlikni taminlaşga masul xodimlar tizimli öqitilmoqda.
Agentlik tomonidan «sariq» toifadagi davlat organlari va taşkilotlarining (35 ta taşkilot) oçiqligini yaxşilaş böyiça tavsiyalar işlab çiqilib, ularni amalga oşirişga yordam beriladi.
«Qizil» toifada baholangan taşkilotlarga (13 ta taşkilot) esa intizomiy jazo çorasini qöllaş yuzasidan taklif kiritiladi, oçiqlikni taminlaşda yöl qöyilayotgan tizimli kamçiliklar örganiladi, ularni bartaraf etiş çoralari köriladi.