Özbekiston oçlik darajasi pastligi böyiça Markaziy Osiyoda yetakçilik qilmoqda
26-04-2025, 17:32
313 марта

Özbekiston oçlik darajasi pastligi böyiça Markaziy Osiyoda yetakçilik qilmoqda
Özbekiston 2021-2023 yillarda 21 ball bilan eng yaxşi natijalarni qayd etib, Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligi borasida yetakçilik qilmoqda. Bu haqda Global Hunger Index 2024 yilgi malumotlariga asoslanib xabar berdi.
Takidlanişiça, bu körsatkiç Özbekistonning oziq-ovqat xavfsizligini taminlaşdagi siyosiy va institutsional yondaşuvlarining samaradorligini körsatadi.
2024 yil holatiga köra Markaziy Osiyodagi boşqa davlatlar reytingi:
- Qozoğiston – 25 ball;
- Qirğiziston – 36 ball;
- Tojikiston – 65 ball;
- Turkmaniston – 50 ball.
2020 yilga nisbatan GHI dinamikasi tahlili:
- Tojikiston – eng oğir holatda, oxirgi uç yil içida indeks 62–67 ball oraliğida bölib, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida jiddiy muammolar mavjud;
- Qozoğiston – 2020 yilda 21 ball bilan boşlagan, biroq 2021 yilda indeks 28 ballgaça kötarilgan, hozirda esa 24–25 atrofida barqarorlaşgan. Bu oziq-ovqat xavfsizligida muayyan tahdidlar borligini anglatadi;
- Qirğiziston – asta-sekin ijobiy özgarişlar mavjud: indeks 42 dan 36 gaça pasaygan;
- Turkmaniston – 2020 yildan buyon 48–52 ball oraliğida saqlanib qolmoqda, bu esa barqaror, biroq muammoli vaziyatni bildiradi.