Markaziy Osiyo Turkiya diplomatiyasiga oğir zarba berdi
17-04-2025, 12:33
321 марта

Istanbul Topkapi universiteti Siyosatşunoslik va xalqaro aloqalar kafedrasi dotsenti Jihod Yayji Turkiy Davlatlar Taşkilotiga (TDT) azo tört davlat va Tojikiston Yevropa Ittifoqi bilan qöşma deklaratsiya imzolaganini turk diplomatiyasining obrösiga oğir zarba deb atadi. U bu haqda Turkiyaning “Haber Global” telekanalidagi çiqişida söz oçgan.
Yayjining sözlariga köra, Şimoliy Kiprning suveren davlat sifatida xalqaro miqyosda tan olinişi Anqara taşqi siyosatida asosiy masala bölib qolayotganini inobatga olgan holda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan diplomatlar va vakolatli amaldorlardan bu masala böyiça albatta tuşuntiriş talab qiladi.
“Ayrimlar Markaziy Osiyo davlatlari bilan mavjud vaziyatning ahamiyatini pasaytirişga harakat qilib, buning göyo Turkiya taşqi siyosatiga heç qanday tasiri yöqligini iddao qilmoqda. Bir holatda bu haqiqatni yaşirişga uriniş bölsa, ikkinçisida bu şunçaki jaholatdir. Bu beş davlatdan törttasi Turkiy davlatlar taşkiloti iştirokçisi hisoblanadi va Tojikistonda köplab etnik turklar yaşaydi. Turkiya barça davlatlar bilan yaxşi aloqalarga ega. Markaziy Osiyo davlatlari SSSR parçalanganidan keyin, 35 yil avval mustaqillikka erişgan edi. Yillar davomida ular haligaça Şimoliy Kiprni tan olişmadi, lekin turk diplomatiyasining say-harakatlari tufayli ular ham Janubiy Kiprga elçilarni tayinlamadilar va aslida bu davlatni tan olmadilar. Bölib ötgan voqea obrö va 35 yillik taşqi siyosat harakatlariga zarba böldi”, deydi u.
Dotsent Turkiya Prezidenti Şimoliy Kiprni xalqaro miqyosda tan oliş borasidagi say-harakatlarni faollaştiriş haqida bir neça bor gapirganini va bu borada xalqaro platformalar, jumladan, BMT tomonidan aniq pozitsiyasini bildirganini takidladi. Şuningdek, u Şimoliy Kipr 2022 yilda TDTda kuzatuvçi maqomini olganini eslatdi.