Özbekiston mobil internet tezligi böyiça oxirgi 4 yilda 65 poğona yuqoriladi
19-04-2025, 22:35
127 марта

Jahonning nufuzli Speedtest Global Index reytingiga köra, Özbekistonda internet tezligi yanada yaxşilanib bormoqda.
Özbekistonda internet infratuzilmasini rivojlantiriş, uning qamrovini kengaytiriş va foydalanuvçilar uçun yuqori sifatli xizmatlarni taminlaşga qaratilgan çora-tadbirlar öz samarasini bermoqda. Bu dinamika mamlakatning raqamli iqtisodiyotga ötişdagi ildam qadamlaridan biri sifatida etirof etiladi.
Speedtest Global Index natijalariga köra, 2020 yilda Özbekiston 133-örinni egallagan bölsa, 2025 yil yanvar holatiga köra, mamlakat uşbu reytingda 68-öringa kötarilgan. Şu tariqa Özbekiston 2020 yildan beri 65 poğona yuqorilagan.
Malumot uçun: Ookla — global internet tezligini ölçaş va tahlil qiliş bilan şuğullanadigan yetakçi taşkilot bölib, 2006 yilda taşkil etilgan. U Speedtest platformasi orqali butun dunyo böylab foydalanuvçilarga internet tezligini tekşiriş imkoniyatini beradi. Taşkilot har oy Speedtest Global Index reytingini yangilab, dunyodagi mobil va simli internet tezliklarini taqqoslab boradi.