Turkiyada özbekistonlik ayol odam savdosidan qutqarildi
18-04-2025, 16:00
181 марта

Turkiyaga uy xizmatçisi bölib işlaşga borgan özbekistonlik ayolni N.A. ismli boşqa ayol nomaqbul maqsadlarda sotişga urindi. Bu haqda Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 14 aprel kuni Özbekiston fuqarosi internet orqali N.A. ismli ayol bilan aloqa örnatib, uning taklifi bilan Turkiyada iş topiş umidida Istanbulga yölga çiqqan. Jabrlanuvçiga turk oilasida uy xizmatçisi bölib işlaş taklif etilgan. Biroq Istanbulga yetib borgaç, N.A. uni Şonliurfa şahriga olib borib, u yerda mahalliy jinoiy guruhlarga nomaqbul maqsadlarda sotişga uringan.