Turkiyada begona ayolni suratga olgan özbekistonlik deportatsiya qilinadigan böldi
17-04-2025, 14:42
534 марта

Turkiyada ayolni ruxsatsiz suratga olgan özbekistonlik deportatsiya qilinadigan böldi. Bu haqda Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, 13-aprel kuni Özbekiston fuqarosi Istanbul metropolitenida ruxsatsiz tarzda turk fuqarosi bölgan ayolni suratga olgan. Ayol bu haqda huquq-tartibot organlariga şikoyat qilganidan keyin fuqaro qölga olingan va holat yuzasidan tergov harakatlari boşlangan.
Oqibatda fuqaroning Turkiyada işlaş huquqini beruvçi ruxsatnomasi (Çalışma izni) bekor qilindi;
unga nisbatan mamuriy jazo va majburiy deportatsiya çoralari körilmoqda;
uşbu harakat şaxsiy hayot daxlsizligini buziş sifatida baholangan.
Boş konsulxona aralaşuvi natijasida mazkur fuqaroga nisbatan jinoiy javobgarlik bilan boğliq bölmagan çora körilişiga erişilgan.
Boş konsulxona Turkiya qonunlariga köra, boşqa şaxsni, ayniqsa, ayollarni ularning roziligisiz suratga oliş yoki videoga tuşiriş qatiyan man etilişini bildirib, bu jinoiy javobgarlikka olib kelişi mumkinligidan ogohlantirdi.
“Hurmatli yurtdoşlar, Turkiyada bölişingiz davomida mahalliy qonun-qoidalarga qatiy rioya qiling. Begona şaxslarni ularning ruxsatisiz suratga va videoga oliş yoki ularga noqulaylik tuğdiruvçi harakatlar sizga nisbatan jiddiy çoralar körilişiga sabab bölişi mumkin”, deyiladi xabarda