Rossiyadagi YTHda Özbekiston fuqarosi halok böldi
17-04-2025, 08:40
892 марта

Özbekistonning Qozon şahridagi Boş konsulxonasi malum qilişiça, joriy yil 16 aprel kuni soat 01:10 larda Saratov viloyatining “Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yerşov-Ozinki” trassasining 519 km. Dergaçevskiy tumani, “Dergaçi” aholi punkti yaqinida “Lada Largus” rusumli avtomaşinasida bölgan Özbekiston fuqarolari va A298 trassasida turgan yuk avtoulovi iştirokida yöl-transport xodisasi sodir bölgan.
Uşbu YTH oqibatida 1 nafar Özbekiston fuqarosi - 1987 yilda tuğilgan K.F.Z. voqea joyida vafot etgan va 5 nafar vatandoş turli tan jarohatlar bilan tuman şifoxonasiga joylaştirilgan.
Uşbu holat yuzasidan Özbekistonning Qozon şahridagi Boş konsulxonasi tomonidan holat nazoratga olingan bölib, Saratov viloyati vakolatli va mutasaddi idoralar bilan aloqa örnatilib, vafot etgan fuqaro jasadini vatanga qaytariş işlari bilan boğliq jarayonlar boşlangan va jabrlanganlarga tibbiy muolaja körsatib kelinyapti.