Endi pedagog kadrlar sirtqi talimda öqitilmaydi
29-04-2025, 12:34
531 марта

Endi pedagog kadrlar sirtqi talimda öqitilmaydi
Özbekistonda endi pedagog kadrlarni tayyorlaşda sirtqi talim şakliga qabul amalga oşirilmaydi. Bu keça, 28 aprel kuni qabul qilingan “Pedagog kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” gi Prezident farmonida belgilangan.
Farmonga köra, 2025/2026 öquv yilidan pedagog kadrlar tayyorlaş böyiça:
- pedagog kadrlarni tayyorlaş faqat kunduzgi va keçki talim şakli böyiça taşkil etilib, sirtqi talim şakliga qabul amalga oşirilmaydi;
- oliy pedagogik talim yönalişida nodavlat talim xizmatlarini körsatiş sohasidagi faoliyatni litsenziyalaş Maktabgaça va maktab talimi vazirligi xulosasi asosida amalga oşiriladi.
2026/2027 öquv yilidan alohida talim ehtiyojlari bölgan bolalarga talim-tarbiya beriş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi böyiça kadrlar tayyorlaş yölga qöyiladi.
2026 yil 1 sentyabrdan respublikadagi mavjud pedagogika texnikumlarining öquv jarayoniga xalqaro talim dasturlari bosqiçma-bosqiç joriy qilinadi.
Şuningdek, farmonga köra, Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti taşkil etiladi. Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlaş böyiça yetakçi oliy talim taşkiloti etib belgilandi.
2025/2026 öquv yilidan:
- Universitetning boşqaruv tizimi “Yangi Özbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillaştiriladi;
- Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullaştirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari taşkil etiladi;
- akademik faoliyat raqamlaştirilgan boşqariş tizimi (Learning management system) orqali yölga qöyiladi hamda “Oliy talim jarayonlarini boşqariş” (HEMIS) axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;
- Universitetning bakalavriat talim yönalişlariga 1-kursdan xalqaro talim dasturlari bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.