TDPU transformatsiya qilinib, Özbekiston milliy pedagogika universiteti taşkil etiladi.
22-04-2025, 00:14
136 марта

TDPU transformatsiya qilinib, Özbekiston milliy pedagogika universiteti taşkil etiladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 21 aprel kuni maktab talimi sifatini oşiriş hamda pedagoglar tayyorlaş tizimini takomillaştirişga oid taqdimot bilan tanişdi.Yiğilişda takidlanişiça, Özbekistonda 15 ta davlat va 61 ta nodavlat oliygohda pedagogika yönalişi bor. Lekin ulardagi ilmiy salohiyat atigi 40 foiz atrofida.
Qabullarning katta qismini ijtimoiy yönalişlar taşkil etadi. Aniq va tabiiy fanlar böyiça pedagoglar tayyorlaş juda kam. Talabalarning 40 foizi sirtqi talimda öqiyapti.
Şu bois Toşkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, Özbekiston milliy pedagogika universitetini taşkil etiş, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Universitet barça hududlardagi pedagogika institutlari uçun tayanç oliygoh böladi.
«Yangi Özbekiston» universitetida 40 dan ziyod çet ellik öqituvçilar va 30 nafar vatandoş ziyolilar faoliyat yuritmoqda. Talabalar özlarining turli yönalişlardagi loyihalariga jami 24,3 milliard sömlik grantlar jalb qilgan. Bu salohiyatdan foydalanib, universitetda muhandislik, raqamli texnologiyalar, suniy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlaşni rivojlantiriş, yangi laboratoriyalar oçiş rejalari taqdimot qilindi.
Şuningdek, oliygohda ilm-fan, talim va amaliyot integratsiyasini taminlaş maqsadida Germaniyaning ilğor tajribasidan foydalangan holda zamonaviy universitet klinikasini taşkil etiş rejalaştirilmoqda.