Rossiyada migrantlarning farzandlarini boğçaga qabul qilişda qöşimça hujjatlar talab etilişi mumkin.
26-04-2025, 18:44
266 марта

Bunday hujjatlar röyxati hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Ayni vaqtda ular qatoridan sil, zaxm, OIV va moxov kasalliklari örin olgan.
«Mazkur özgarişlar maktabgaça talim dasturlarini amalga oşiruvçi boğçalarda tarbiyalanuvçilar uçun epidemiologik jihatdan xavfsiz şaroitlarni taminlaş, şuningdek, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning farzandlarini qabul qiliş tartibini izçil yölga qöyişga xizmat qiladi», — loyihaga ilova qilingan izoh xatida.
Bundan taşqari, bolaning şaxsini tasdiqlovçi, uning Rossiyada bölib turişi qonuniy ekani va ariza beruvçining bola bilan qarindoşligini isbotlovçi hujjatlarning nusxalari ham talab etiladi. Şuningdek, ota-onaning iş joyi va şaxsiy suğurta hisobraqami olganini tasdiqlovçi hujjatlar nusxalarini ham taqdim etiş kerak böladi.
Hujjatlar rus tilida yoki rus tiliga tasdiqlangan tarjimasi bilan birga bölişi kerak. Agar hujjatlar töliq taqdim etilmasa, talim taşkiloti arizani körib çiqmasdan qaytaradi.
Talim vazirligi taklif etayotgan yangilik qabul qilinsa, u 2026 yil 28 iyunga qadar amalda böladi. Hozirda bolani boğçaga qabul qilişda şifokor körigidan ötganlik töğrisidagi va umumiy tahlillarga oid malumotnoma söraladi.
2024 yil mart oyida «Krokus Siti Xoll»da yuz bergan teraktdan keyin Rossiyada migrantlarning huquqlarini çeklaş kuçaydi. Xususan, Rossiyada migrantlarni mamlakatdan çiqarib yuborişga oid yangi maxsus rejim qabul qilindi, 2025 yil 1 apreldan boşlab esa Rossiya maktablariga rus tilini bilmaydigan çet elliklarning farzandlarini qabul qiliş töxtatildi.