Talim davlat tilida bölmagan sinflar bitiruvçilari endi özbek tilida majburiy imtihon topşiradi
23-04-2025, 10:17
180 марта
Talim davlat tilida bölmagan sinflar bitiruvçilari endi özbek tilida majburiy imtihon topşiradi Özbekistonda endi talim tili özbek tili bölmagan sinf bitiruvçilari ham davlat tilidan imtihon topşiradi. Bu haqda maktabgaça va maktab talimi vaziri Hilola Umarova 22-aprel kuni tegişli buyruq çiqardi.
Umumiy örta talim oluvçilarning yakuniy davlat attestatsiyasi töğrisidagi nizomga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalarga köra, bitiruvçi sinflarda yakuniy attestatsiya ötkaziladigan fanlar röyxati, şakli va muddatlari har öquv yilida Maktabgaça va maktab talimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda uşbu röyxatga talim tili özbek bölmagan maktablar uçun davlat tili majburiy fanlar blokiga kiritildi.
Yakuniy attestatsiyada kuzatuv kengaşi hamda fuqarolarning özini özi boşqariş organlari vakillari jamoatçilik asosida kuzatuvçi sifatida qatnaşişlari mumkin.
Xorijiy tillar hamda umumtalim fanlari böyiça milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bölgan öquvçi yakuniy attestatsiya topşiriladigan fandan ozod etiladi. Bunda, xorijiy tillar hamda umumtalim fanlari böyiça milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar röyxati Maktabgaça va maktab talimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.