YeI özbekistonlik talabalar uçun grantlarni köpaytiradi
18-04-2025, 10:57
151 марта
Yevropa Ittifoqi davlatlarida köplab özbekistonlik talabalar grant asosida tahsil olmoqda va uşbu körsatkiç bosqiçma-bosqiç oşirib boriladi. Bu haqda Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar böyiça delegatsiyasi raisi Tomaş Zdexovskiy Toşkentda Özbekiston Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirining birinçi örinbosari Şohrux Daliyev bilan uçraşuvda gapirgan.Vazirlik matbuot xizmati xabariga köra, Ş.Daliyev Yevropa Ittifoqining Erasmus+, Horizon Europe kabi ilğor dasturlaridan Markaziy Osiyo talaba va yoş tadqiqotçilari uçun alohida örin ajratilgani, bundan taşqari, ikki mintaqa universitetlari örtasida tajriba almaşiş böyiça boşlangan yangi loyihalar katta natijalarga yöl oçişini takidlagan.
Muzokaralar çoğida talim böyiça özaro hamkorlik aloqalarini yanada çuqurlaştiriş, qöşma talim dasturlarini yaratiş, dual talim böyiça birgalikdagi loyihalarni kengaytiriş, Özbek-Frantsuz universitetini taşkil etiş böyiça amaliy çora-tadbirlar belgilab olingan.
Malumot örnida: Erasmus Mundus – iqtidor egalarining talim, kasbiy va şaxsiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan YeI dasturidir. Yevropa universitetlari konsortsiumi tomonidan işlab çiqilgan noyob magistrlik kurslari doirasida talabalar bilim olibgina qolmay, mezbon davlatlar bilan tanişib, yangi madaniyatlarni ham kaşf etadilar.
2021–2027 yillarga möljallangan dasturda yaşil va raqamli jamiyat, yoşlarning demokratik hayotdagi iştirokini rağbatlantirişga alohida etibor qaratilmoqda.
Özbekistonlik iqtidorli talabalar ham har yili uşbu grant dasturida faol qatnaşadilar.