USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Migrantlar uçun rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar keltirdi

231 марта

Avvallari bu mablağlar «korruptsiyaga ketgan» bölsa, hozir «ğaznaga tuşgani» takidlanmoqda.
Foto: TASS

Mehnat migrantlarining rus tilidan imtihon topşirişi Rossiya byudjetiga qöşimça 2,5 milliard rubl (30,4 million dollar) olib keldi, dedi Davlat Dumasidagi «Edinaya Rossiya» fraktsiyasi rahbari Vladimir Vasilev.

Uning sözlariga köra, avvallari bu mablağlar «korruptsiyaga ketgan» bölsa, hozir «ğaznaga tuşgan».


2024 yil oktyabr oyida Davlat Dumasi migrantlar uçun til imtihonlarini ötkaziş böyiça davlat organlarining mutlaq huquqini joriy etuvçi qonunni qabul qildi. Davlat Dumasi raisi Vyaçeslav Volodin bu taşabbus «aldov» va «imtihon komissiyasining korruptsiyasi» xavfini kamaytiriş uçun zarur ekanligini aytdi. Noyabr oyida Talim va fan vazirligi uşbu imtihonlar uçun yagona narxlarni belgilaşni taklif qildi.


Dekabr oyida hukumat imtihonlarning yagona narxini tasdiqladi. Şunday qilib, fuqarolikni olişda rus tili imtihoni narxi 2,95 ming rublni taşkil qiladi. Xuddi şunday narx Rossiya tarixi va Rossiya qonunçiligi asoslari böyiça imtihon uçun ham belgilangan.


Vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnoma yoki yaşaş uçun ruxsatnoma olişda – rus tili, tarix va qonunçilik asoslari böyiça imtihon narxi 5,9 ming rubl, işlaş uçun ruxsatnoma yoki patent olişda – rus tili, tarix va qonunçilik asoslari böyiça imtihon narxi 3,8 ming rubl miqdorida belgilangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: