Özbekistonda aprelda tölangan bolalar nafaqasi va moddiy yordam haqida malumot berildi
18-04-2025, 23:15
305 марта

Özbekistonda aprel oyida kam taminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam uçun 341,8 mlrd söm miqdoridagi mablağlar töliq moliyalaştirilib berildi.
Xabar berilişiça, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2025-yil aprel oyi uçun 686,1 mingta kam taminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam uçun 341,8 mlrd söm miqdoridagi mablağlar AT “Xalq banki”ga töliq moliyalaştirilib berildi.
Öz navbatida kam taminlangan oila sifatida nafaqa oluvçi 655,0 mingta oilalarga (yoki jami oluvçilarning 95 foizi) bank kartalari orqali tölovlar amalga oşiriladi. Amaldagi qonunçilik talablariga muvofiq nafaqa pullarini naqd şaklda oluvçi oilalarga joriy oy tölovlari Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan oyning 27-sanasiga qadar yetkazib berilişi malum qilindi.
Malumot uçun: Joriy yilning aprel oyida yangi 68 151 mingta kam taminlangan oilalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan qamrab olindi.