Rossiyada ota-onasi yöl-transport hodisasi oqibatida halok bölgan 11 yoşli bola Özbekistonga qaytarildi.
26-04-2025, 11:25
756 марта
Rossiyada ota-onasi yöl-transport hodisasi oqibatida halok bölgan 11 yoşli bola Özbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.Malum qilinişiça, joriy yilning 14 aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Astraxan viloyatida ikki yengil avtomobil töqnaşuvi tufayli sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida Özbekiston fuqarosi bölgan (2013 yilda tuğilgan öğil bola) B.R. şifoxonaga yotqizilgan. Afsuski, uşbu fojiali hodisa oqibatida bolaning avtomaşinada bölgan ota-onasi vafot etgan.
Bola yengil jarohat olgan bölib, körsatilgan tibbiy yordam tufayli soğliği tiklangandan söng, uni Özbekistonga qaytariş va yaqin qarindoşlari qaramoğiga topşiriş masalasi örganilgan. Xususan, fojiadan xabar topgan bolaning yaqin qarindoşlari yetib kelib vaqtinça vasiylikni rasmiylaştiriş jarayonini boşlagan bölişsa-da, B.R. ni Rossiya Federatsiyasidan olib çiqiş uçun hujjatlar yetarli bölmagan.
Mazkur masala yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belova Özbekiston Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaga murojaat qilgan.
Bolalar ombudsmani va Içki işlar vazirligining tezkor hamkorlik çoralari natijasida Özbekistonning Rostov-na-Donu şahridagi Boş konsulxonasi hamda Astraxan viloyati Ijtimoiy rivojlaniş va mehnat vazirligi tomonidan zaruriy amaliy yordam körsatilib, bolaga va uning qarindoşiga qisqa fursatda tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan va bolaning vatanga qaytişi taminlangan.
Bildirilişiça, hozirda bola Özbekistonga olib kelinib, qarindoşlari (onasining singlisi) qaramoğiga topşirilgan. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolaga rasman vasiylik va unga zarur bölgan ijtimoiy-psixologik çoralari köriladi.