Özbekistonda islomiy banklar töğrisida qonun qabul qilinmoqda
14-11-2025, 20:17
244 марта

Özbekistonda islomiy banklar töğrisida qonun qabul qilinmoqda
Joriy yil 11 noyabr kuni Oliy Majlisning Qonunçilik palatasida Özbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilişga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinçi öqişda körib çiqilib, qabul qilindi va Senatga yuborildi. Bu haqda Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, keyingi yillarda Özbekistonda zamonaviy bank xizmatlarini joriy qilişga va xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda bank tizimini rivojlantirişga qaratilgan keng kölamli işlar olib borilmoqda. Şu bilan birga moliyaviy xizmatlar qamrovini kengaytiriş hamda yangi turdagi bank xizmatlarini joriy qiliş zaruriyati yuzaga kelmoqda. Uşbu qonun loyihasi bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga islomiy bank faoliyatini amalga oşirişning huquqiy asoslarini belgilovçi qöşimça va özgartirişlar kiritilmoqda.