Saida Mirziyoyeva Rossiya Boş vaziri bilan uçraşdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toşkent investitsiya forumi doirasida Özbekistonga taşrif buyurgan Rossiya Boş vaziri Mixail Mişustin bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida malum qildi.
Suhbat çoğida Özbekiston va Rossiya örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat örtasidagi munosabatlar jadal rivojlanib borayotganini takidlagan.
Hozirgi kunda biznes, infratuzilma va madaniyat sohalarida köplab qöşma loyihalar amalga oşirilayotgani qayd etilgan. Şuningdek, yaqin kunlarda hukumatlararo komissiya hamda hududlar kengaşining navbatdagi yiğilişlari ötkazilişi rejalaştirilgan.
Uşbu tadbirlar ikki davlat örtasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş va barça yönalişlardagi şeriklikni mustahkamlaşga xizmat qilişi takidlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Toşkent investitsiya forumi doirasida AQŞ Eksimbanki prezidenti Jon Yovanoviç hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi boş ijroçi direktori Ben Blek bilan sanoat va moliya sohasidagi loyihalarni kengaytiriş masalalarini muhokama qilgandi.