Saida Mirziyoyeva AQŞ Eksimbanki prezidenti bilan uçraşdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toşkent investitsiya forumi doirasida AQŞ Eksimbanki prezidenti Jon Yovanoviç hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi boş ijroçi direktori Ben Blek bilan sanoat va moliya sohasidagi loyihalarni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida malum qildi.
Unda qöşma investitsiya platformasini rivojlantiriş mavzusiga alohida etibor qaratilgan.
Navbatdagi Toşkent investitsiya forumi Özbekistonning xorijiy hamkorlari bilan amalga oşirilayotgan loyihalar böyiça rejalarni özaro muvofiqlaştirib oliş uçun qulay imkoniyat ekani qayd etilgan.
“Amerikalik hamkorlar özaro manfaatli biznes imkoniyatlaridan taşqari, Özbekistonning boy tarixi va madaniyatini ham katta qiziqiş hamda hayrat bilan kaşf etayotgani quvonarli holdir”, deya yozgan Mirziyoyeva.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlari doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ Eksimbanki prezidenti va raisi Jon Yovanoviç hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi boş ijroçi direktori Ben Blek bilan uçraşuv ötkazgandi.