Şavkat Mirziyoyev AQŞ vakillari bilan uçraşdi
Bugun, 16 iyun kuni Toşkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlari doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ Eksimbanki prezidenti va raisi Jon Yovanoviç hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi boş ijroçi direktori Ben Blek bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmonlar davlat rahbariga AQŞ Prezidenti Donald Trampning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.
Muzokaralar davomida mazkur institutlarning Özbekistonda infratuzilmani rivojlantiriş, muhim minerallarni özlaştiriş, energetika, suniy intellektni joriy etiş hamda raqamlaştiriş kabi yuqori texnologiyali strategik loyihalarni moliyalaştirişda iştirok etişi bilan boğliq masalalar atrofliça körib çiqilgan.
AQŞ Eksimbanki bilan hamkorlik yönalişida energetika tarmoğini modernizatsiya qiliş böyiça qöşma loyihalarni jadallaştiriş yuzasidan kelişuvga erişilgan. Mahalliy tadbirkorlarning ustuvor sohalardagi taşabbuslari uçun eksport kreditlarini taqdim etişni yanada rivojlantirişga alohida etibor qaratilgan.
DFC korporatsiyasining soğliqni saqlaş sohasidagi loyihalarni qöllab-quvvatlaş, energetika tarmoği va infratuzilmani modernizatsiya qilişga qaratilgan qöşma investitsiya platformasini işga tuşiriş böyiça taşabbuslari qöllab-quvvatlangan.
Toşkentda yangi xalqaro aeroportni quriş, Farğona viloyatida zamonaviy tibbiyot majmuasini taşkil etiş, raqamli bankni işga tuşiriş, data-markazlar va quruq portlarni barpo qiliş kabi yirik infratuzilma loyihalarini amalga oşirişning amaliy bosqiçiga ötiş zarurligi takidlangan.
Uçraşuv yakunida muhokama qilingan investitsiyaviy va texnologik loyihalarni ilgari suriş böyiça qöşma “yöl xaritasi”ni qabul qilişga kelişib olingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev va Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekkandi.