USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Belarus Boş vazirini qabul qildi

93 марта

Şavkat Mirziyoyev Belarus Boş vazirini qabul qildi

Bugun, 24 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatda rasmiy taşrif bilan bölib turgan Belarus Respublikasi Boş vaziri Aleksandr Turçinni qabul qildi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi. 
​
Qayd etilişiça, uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Belarus yetakçisi Aleksandr Lukaşenkoning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston – Belarus köp qirrali şeriklik munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Hamkorlikda, ayniqsa, savdo-iqtisodiy sohada yuqori darajaga kötarilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Ötgan yili tovar ayirboşlaş 25 foizga ösib, qariyb 1 milliard dollarga yetgan. Yetakçi kompaniyalarning ustuvor tarmoqlardagi kooperatsiyasi kengayib bormoqda.

Maşinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, töqimaçilik va oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi hamda boşqa sohalarda qöşma loyihalarni ilgari suriş orqali iqtisodiy hamkorlikning yangi kun tartibini şakllantiriş muhim ekani takidlangan.
Şuningdek, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almaşinuvlarni faollaştiriş zarurligi körsatib ötilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: