Şavkat Mirziyoyev Bakuda Ilhom Aliyev bilan uçraşdi
18-05-2026, 20:18
104 марта

Şavkat Mirziyoyev Bakuda Ilhom Aliyev bilan uçraşdi
Bugun, 18 may kuni Baku şahriga amaliy taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, suhbat avvalida Özbekiston rahbari Ozarbayjon yetakçisini Butunjahon urbanizatsiya forumining muvaffaqiyatli taşkil etilgani bilan samimiy tabriklagan.
Avvalgi oliy darajadagi muloqotlar çoğida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston – Ozarbayjon strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş hamda mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Tovar ayirboşlaşning ijobiy surati qayd etilgan. Yil boşidan buyon özaro savdo hajmi 40 foizdan ziyodga oşgan.
Quriliş, toğ-kon sanoati, energetika, qişloq xöjaligi, turizm va boşqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.
Mazkur loyihalarni jadallaştiriş hamda birgalikdagi investitsiyalarni, şu jumladan, Qöşma investitsiya kompaniyasi mablağlarini jalb etgan holda yanada kengaytiriş muhimligi takidlangan.
Yetakçilar transportga oid taşabbuslarni amalga oşiriş va xalqaro transport yölaklarini rivojlantiriş böyiça hamkorlikni kengaytiriş masalalarini ham muhokama qilgan.
Bölajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi körib çiqilgan.