Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uçraşdi
4-11-2025, 15:24
149 марта

Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uçraşdi
Bugun, 4 noyabr kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Doha şahriga amaliy taşrif doirasida Qatar Davlati Amiri Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Özbekiston – Qatar strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş va köp qirrali amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi. Suhbat avvalida Özbekiston rahbari Qatar Amirini Ijtimoiy rivojlaniş böyiça ikkinçi Jahon sammiti tadbirlarining muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan samimiy tabrikladi.
Turli darajalarda samarali muloqot va almaşinuvlar olib borilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboşlaş hajmi yil boşidan buyon 45 foizga oşdi. Qatarning yetakçi kompaniyalari iştirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Parlamentlararo va madaniy-gumanitar aloqalar rivojlanmoqda.

“Yaşil” energetika, transport, geologiya, töqimaçilik, turizm, infratuzilmani rivojlantiriş va boşqa yönalişlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surişga alohida etibor qaratildi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.