Özbekiston va AQŞ investitsiya platformasini yölga qöymoqda
19-02-2026, 05:18
197 марта

Özbekiston va AQŞ investitsiya platformasini yölga qöymoqda
Vaşington şahriga taşrifning işbilarmonlik tadbirlari davomida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ Eksport-import banki prezidenti va raisi Jon Yovanoviç hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) boş ijroçi direktori Ben Blekni qabul qildi.Ötgan yili Prezident Donald Tramp bilan bölib ötgan muzokaralar AQŞ işbilarmon doiralari bilan savdo-investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirişga kuçli turtki bergani takidlandi.
Işbilarmonlik kengaşi faoliyatini qöllab-quvvatlaş va ustuvor loyihalarni tizimli ilgari suriş uçun Investitsiya platformasini işga tuşirişga alohida etibor qaratildi.
Eksimbank bilan hamkorlik yönalişlari belgilab olindi. Yirik sanoat va infratuzilmaviy loyihalarni moliyalaştirişni kengaytiriş hamda yuqori texnologiyali uskunalar yetkazib berişni qöllab-quvvatlaş şular jumlasidan.

DFC rahbariyati bilan suhbatda investitsiyaviy hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlaş muhimligi takidlandi. Korporatsiyaning yirik milliy va mintaqaviy loyihalarda iştirok etiş, moliya bozori va energetika tarmoğini rivojlantiriş böyiça rejalari qöllab-quvvatlandi.
Özbekiston Prezidenti AQŞ tomonini Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etişga taklif qildi.
Uçraşuv yakunida davlatimiz rahbari huzurida taşrif davomida imzolangan Özbekiston va AQŞ örtasida investitsiya platformasini taşkil etiş töğrisidagi bitim almaşildi.