Saida Mirziyoyeva Ursula fon der Lyayen bilan uçraşdi
10-10-2025, 18:26
135 марта

Saida Mirziyoyeva Ursula fon der Lyayen bilan uçraşdi
Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva keça, 9 oktyabr kuni Bryusselda Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uçraşdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi.
“Fon der Lyayen xonim bilan muloqotdan mamnun böldim, Özbekiston-Yevropa hamkorligi yanada mustahkamlanib borişiga işonçim komil”, deb yozdi Mirziyoyeva.

Saida Mirziyoyeva va Ursula fon der Lyayenning uçraşuvi Global Gateway forumi doirasida bölib ötdi. Global Gateway forumi 9-10 oktyabr kunlari Bryussel şahrida bölib ötmoqda. 2023 yildagi ilk forum muvaffaqiyatiga tayanilgan holda, u Yevropa Ittifoqining taşqi investitsiya taşabbuslariga bağişlanadi. Bu yilgi tadbir geosiyosiy va geoiqtisodiy muammolar şaroitida jahon miqyosidagi boğlaniş va infratuzilmani rivojlantiriş masalalariga etibor qaratadi.