Prezident haydovçilar va obodonlaştiriş xodimlariga minnatdorlik bildirdi
Prezident Şavkat Mirziyoyev obodonlaştiriş xodimlariga, haydovçilarga, poytaxt ahli va mehmonlariga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov malum qildi.
Ayni kunlarda Özbekistonda 102 ta davlat hamda 30 ga yaqin xalqaro taşkilotlardan kelgan delegatsiyalar mehmon bölib turibdi.
“Yöl harakati nuqtayi nazaridan poytaxt yöllarida turli qiyinçiliklar va noqulayliklar yuzaga kelayotgan bölişi mumkin. Lekin xalqimiz, ayniqsa, haydovçilarimiz va şahar ahli uşbu yirik tadbirlarning ahamiyatini töğri tuşunib, yuksak madaniyat körsatişmoqda.
Fursatdan foydalanib, obodonlaştirişda mehnat qilayotgan barça opa-singillarimiz va aka-ukalarimizga, haydovçilarimizga, butun Toşkent ahli hamda mehmonlariga hurmatli Prezidentimizning minnatdorliklarini yetkazmoqçiman”, deydi Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov.