Futbol bayrami! Ertaga Özbekistonda davlat işlari keçroq boşlanadi
Özbekiston Prezident Şavkat Mirziyoyev ertaga, 18 iyun kuni Özbekiston terma jamoasining Jahon çempionatidagi ilk uçraşuvi munosabati bilan barça davlat taşkilotlarida iş vaqtini soat 10:00 da boşlanişini belgilab berdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov malum qildi.
“Prezidentimiz ertangi matçni uyda, oila davrasida, nabiralari bilan tomoşa qiladilar. 18 iyun kuni barça davlat taşkilotlarida iş vaqtini soat 10 da boşlanişini belgilab berdilar”, deydi Şerzod Asadov.
Maumot uçun, Özbekiston Jahon çempionatidagi tarixiy uçraşuv Kolumbiyaga qarşi maydonga tuşadi. Uşbu uçraşuv Toşkent vaqti bilan 07:00da Meksikadagi “Atsteka” stadionida bölib ötadi. Keyingi bahslarda esa Fabio Kannavaro şogirdlari Portugaliya (23 iyun) va Kongo Demokratik Respublikasiga (28 iyun) qarşi maydonga tuşadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston milliy terma jamoasi futbolçisi Jaloliddin Maşaripov jarohati sababli Jahon çempionatida iştirok etolmasligi haqida xabar berilgandi.