Özbekistonning raqibi ötroqlik uçraşuvida ğalaba qozondi
2-06-2026, 11:48
76 марта

Özbekistonning raqibi ötroqlik uçraşuvida ğalaba qozondi
Bugun, 2 iyun kuni Özbekiston terma jamoasining mundialdagi raqibi Kolumbiya örtoqlik uçraşuvi ötkazdi. Unda Lotin Amerikasi vakillari Kosta-Rika terma jamoasini 3:1 hisobida mağlubiyatga uçratdi.Bogotada bölib ötgan bahsda kolumbiyaliklar safida Davinson Sançes, Luis Dias va Luis Xaver Suares gol urdi. Kosta-Rika terma jamoasining yagona golini Andrey Soto kiritdi.
Malumot uçun, bugun, 2 iyun kuni Özbekiston terma jamoasi ham Kanadaga qarşi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşdi. Bahsda Fabio Kannavaro şogirdlari 0:2 hisobida mağlubiyatga uçradi.
Kolumbiya terma jamoasi Jahon çempionatining “K” guruhida Portugaliya, Kongo Demokratik Respublikasi va Özbekiston terma jamoalariga qarşi maydonga tuşadi. Mundialdagi ilk uçraşuv joriy yilning 17 iyun kuni aynan Özbekiston terma jamoasiga qarşi bölib ötadi.