Özbekiston Rossiya bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazmaydi
2-02-2026, 16:02
377 марта

Özbekiston Rossiya bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazmaydi
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov Özbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati oldidan Rossiya terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkazişni rejalaştirmayotganini aytdi. Bu haqda Ermatov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida malum qildi.Malumki, Özbekiston terma jamoasi öz tarixida ilk bor Jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritgan. Qöşma Ştatlar, Kanada va Meksikada bölib ötadigan mundialda Fabio Kannavaro şogirdlari Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalariga qarşi bahs olib boradi. Guruhdagi uçinçi raqib esa Yangi Kaledoniya, Yamayka va Kongo Demokratik Respublikasi iştirok etadigan qitalararo pley-offning birinçi bosqiçi yakunlariga köra aniqlanadi.
Jahon çempionati oldidan Özbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning mart oyida FIFA Series doirasida ikkita örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşadi. Aprel oyidagi xalqaro tanaffus uçun esa hozirça aniq rejalar elon qilinmagan.
May oyida terma jamoa Özbekiston Superligasining yetakçi jamoalariga qarşi bir qator örtoqlik uçraşuvlarini ötkazadi. Şundan söng iyun oyida Özbekiston milliy terma jamoasi Jahon çempionati oldidan Kanada terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşişi rejalaştirilgan.